Live
1
O'zbek

Brunu: «MYU» bilan APL va Chempionlar ligasini yutmoqchiman»

Futbol
3 may, 11:47
Manchesterliklar sardori klubda qolishining sababini tushuntirdi.
Brunu: «MYU» bilan APL va Chempionlar ligasini yutmoqchiman»
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh nega o‘tgan yozda jamoani tark etmaganini izohladi.

«Bu sadoqat masalasi emas. Men ikki-uch yil oldin ham ketishim mumkin edi, lekin bu yerda bo‘lish menga yoqadi. Bu yerda muvaffaqiyatga erishish boshqa hech qaysi klubdagiga o‘xshamaydi. Men «Manchester Yunayted» bilan APL va Chempionlar ligasini yutmoqchiman.

Muxlislarning bu klubni qanchalik sevishini bilaman. Hammamiz bir qayiqdamiz va men uning oldinga yurishini xohlayman.

Ha, biz kuboklar yutdik, lekin bu yetarli emas. Men hali orzularimni amalga oshirmadim. Bu oson bo‘lmaydi, lekin men shu yerda ekanman va imkon bor ekan, harakat qilishda davom etaman», - dedi portugaliyalik futbolchi Goal nashriga.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 34-turdan so‘ng 61 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar