«Manchester Siti» APL 11-turi doirasida o‘z maydonida «Fulhem»ni qabul qilmoqda. Bahsning birinchi bo‘limidan so‘ng mezbonlar 0:1 hisobida ortda bormoqda.
Uchrashuvdagi yagona gol 16-daqiqada kiritildi. Mehmonlar hujumchisi Rodrigo Munis Oskar Bobbning uzatmasidan keyin darvozani ishg‘ol qildi.
24-daqiqada Erling Holand hisobni tenglashtirdi. Biroq hakam norvegiyalik hujumchining darvozabon Bernd Leno bilan kurashda qoida buzganini qayd etib, golni bekor qildi.
Ma’lumot uchun, bahs boshlanishidan oldin «Manchester Siti» 21 ochko bilan APL jadvalida 3-o‘rinda borayotgandi. «Fulhem» esa 10 ochko bilan 15-pog‘onani egallab turgandi.
APL. 11-tur
Manchester Siti — Fulhem 0:1
Gol: Rodrigo Munis 16
Manchester Siti: Donnarumma, Husanov, Diash, Gehi, O‘Rayli, Buaddi, Anderson, Ndiaye, Foden, Doku, Holand.
Fulhem: Leno, Tete, Affengruber, Bessi, Sessenon, Berge, Charlz, Bobb, King, Ivobi, Muniz.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi