Live
5
O'zbek

Allegri mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlagani sabab "Milan"dan ishdan bo'shatilishi mumkin

Futbol
25 may, 00:30
Uning ketishi yaqin kunlarda rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Allegri mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlagani sabab "Milan"dan ishdan bo'shatilishi mumkin
Foto: Getty Images
24.05.2026 FT Italiya A seriyasi Milan Milan 1 : 2 Calyari Calyari

"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlagani sabab ishdan bo'shatilishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

"Rossoneri" kelasi mavsum uchun Chempionlar Ligasiga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi. A Seriyaning so'nggi turida jamoa o'z maydonida "Kalyari"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Shu natija tufayli "Milan" kuchli to'rtlikdan tushib ketdi va faqat Yevropa Ligasiga yo'llanma bilan cheklandi.

Qayd etilishicha, klub rahbariyati Allegrini ishdan bo'shatishga qarshi emas. Uning ketishi yaqin kunlarda rasman e'lon qilinishi mumkin.

Avvalroq Massimiliano "Real"ning bosh murabbiylikka nomzodlar ro'yxatidan chiqarilgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Calyari Calyari
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar