"Milan" ustozı Massimiliano Allegri "Real"ning bosh murabbiylikka nomzodlar ro'yxatidan chiqarildi.
Italiyalik mutaxassis avval klubning e'tibor markazida bo'lgan va prezident Florentino Peres tomonidan yuqori baholangan. Biroq hozirda "qirollik klubi" o'z variantlarini qayta ko'rib chiqayotganı sabab uning nomi ro'yxatdan olib tashlangan.
Shunga qaramay, Madrid grandi Alvaro Arbeloa o'rniga bir nechta nomzodlarni ko'rib chiqishda davom etmoqda. Avvalroq "Real" futbolchilarining Klopp nomzodini qo'llab-quvvatlayotgani ma'lum qilingan edi.