Live
5
O'zbek

«Real» futbolchilari Klopp nomzodini qo‘llab-quvvatlashmoqda

Futbol
1 may, 06:36
Yozda Madrid bosh murabbiyi o‘zgarishi tobora aniq bo‘lib bormoqda.
«Real» futbolchilari Klopp nomzodini qo‘llab-quvvatlashmoqda
Foto: Getty Images

«Real» futbolchilari jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Yurgen Kloppni tayinlashni qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Bu haqda Football-espana nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, jamoa ichida nemis mutaxassisi nomzodiga «Benfika» murabbiyi Joze Mouriniodan yaxshiroq variant sifatida qaralmoqda.

Futbolchilar portugaliyalik murabbiyning klubga qaytishidan xavotirda. Mourinio nomzodiga qarshi asosiy dalil uning avtoritar boshqaruv uslubi bo‘lib, bu jamoadagilarning fikricha, kiyim almashtirish xonasidagi muhitni izdan chiqarishi mumkin.

O‘z navbatida, Kloppning ish uslubi o‘yinchilar tomonidan konstruktiv va professional munosabatni rag‘batlantiruvchi deb baholanmoqda. «Real» prezidenti Florentino Peres ikki nomzodni ham ko‘rib chiqmoqda, deb xabar qilinmoqda.

Bugungi yangiliklar