Italiya chempionatida so‘nggi tur o’yinlari bo’lib o’tadi. Jumladan, «Milan», «Yuventus» va «Roma» jamoalari o‘zlarining navbatdagi muhim bahslarini o’tkazadi. 38-tur doirasidagi bahslar Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.
«Milan» o‘z uyida «Kalyari»ni qabul qiladi. Ayni paytda milanliklar 70 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Mehmonlar esa 40 ochko jamg‘arib, 16-pog‘onani egallab turibdi.
A Seriya. 38-tur
Milan – Kalyari
24-may. 23:45
Milan: Menyan, Tomori, Gabbia, Pavlovich, Salemakers, Fofana, Yashari, Rabyo, Bartezagi, Ximenes, Nkunku.
Kalyari: Kaprile, Ze Pedro, Mina, Rodriges, Dzappa, Deyola, Gaetano, Adopo, Obert, Esposito, Borrelli.
«Yuventus» 68 ochko bilan 6-o‘rinda joylashgan. «Torino» hisobida esa 44 ochko mavjud va jamoa 13-pog‘onada bormoqda.
A Seriya. 38-tur
Yuventus – Torino
24-may. 23:45
Torino: Paleari, Koko, Ismayli, Eboss, Pedersen, Ilxan, Gineytis, Obrador, Vlashich, Simeone, Sapata.
Yuventus: Perrin, Kalyulyu, Gatti, Kelli, Makkenni, Lokatelli, Tyuram, Kambyaso, Konseysau, Boga, Vlaxovich.
«Roma» 70 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. «Verona» esa 21 ochko bilan 19-pog‘onani egallab turibdi.
A Seriya. 38-tur
Roma – Verona
24-may. 23:45
Verona: Montipo, Nelson, Edmundsson, Valentini, Belgali, Akpa-Akpro, Lovrich, Arrui, Frese, Suslov, Boui.
Roma: Svilar, Gilardi, Manchini, Ermoso, Chelik, Kristante, Pizilli, Rensh, Dibala, Soule, Malen.