Italiya chempionatining so‘nggi turida Yevropa Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olgan yana ikki jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.
3-o‘rindagi «Milan» (70) o‘z uyida «Kalyari»ga yutqazib qo‘yib, 6-pog‘onaga tushib ketdi va YCHLda emas, Yevropa Ligasida qatnashadigan bo‘ldi.
Allegri jamoasining muvaffaqiyatsizligidan «Roma» (73, 3-o‘rin) va «Komo» (71, 4-o‘rin) unumli foydalangan holda, oxirgi turdagi g‘alaba orqali YCHLga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Avvalroq chempion «Inter» va vitse-chempion «Napoli» buni uddalagandi.
Ayni vaqtda «Torino»ni mag‘lub etayotgan (1:0 — birinchi bo‘limdan keyin) «Yuventus» (71) ham Yevropa ligasida o‘ynaydi, chunki turinliklar o‘zaro o‘yinlarda «Komo»ga imkoniyatni boy berishgan.
Shuningdek, ligani tark etgan uchinchi jamoa ham ma’lum bo‘ldi — «Kremoneze» «Piza» va «Verona» ortidan B Seriyaga ravona bo‘ldi.
A Seriya. 38-tur. 24 may
Milan — Kalyari 1:2
Gollar: Salemakers (2) — Borelli (20), Rodriges (57).
Verona — Roma 0:2
Gollar: Malen (56), El Shaaravi (90+3).
Foydalanilmagan penalti: Malen (56, Roma).
Chetlatish: Valentini (50, Verona).
Kremoneze — Komo 1:4
Gollar: Bonatsoli (55, penalti) — Rodriges (36), Duvikas (51), Da Kunia (74 penalti, 81).
Chetlatish: Grassi (71, Kremoneze).
Lechche — Jenoa 1:0
Gol: Banda (6).