Live
9
O'zbek

A Seriya. "Roma" Turinda g'alaba qozondi, Malen debyutida gol urdi (videosharh)

Futbol
18 yanvar, 14:02
Dibala esa gol+assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
A Seriya. "Roma" Turinda g'alaba qozondi, Malen debyutida gol urdi (videosharh)
Foto: AS Roma
18.01.2026 FT Italiya A seriyasi Torino Torino 0 : 2 Roma Roma

Italiya chempionatining 21-turida "Roma" Turinda "Torino"dan ustun keldi. Rimliklarning yangi transferi Malen debyutidayoq to'p kiritdi. Dibala esa gol va assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Gasperini jamoasi ochkolarini 42 taga yetkazib, 4-o'rinni egallab turibdi. "Torino" 23 ochko bilan 13-pog'onaga joylashgan.

A Seriya. 21-tur
Torino — Roma 0:2
18 yanvar, "Olimpiko"
Gollar: Malen (26), Dibala (72).
Torino — Paleari, Tameze, Ismaili, Coco, Lazaro, Vlasic, Ilhan (Anjorin, 76), Gineitis (Kazadei, 46), Abuhilol (Pedersen, 31), Ngonge (Njie, 76), Adams.
Roma — Svilar, Mancini, Ndika, Hermoso (Gilardi, 22), Rench (Tsimikas, 76), Kristante, Kone, Uesli, Dibala (Pisilli, 76), Pellegrini (Soule, 52), Malen (Vash, 76).
Ogohlantirishlar: Ismaili (9), Mancini (55), Vlasic (90+1).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Torino Torino
  • Roma Roma
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar