"Aston Villa" hujumchisi Doniyell Malen faoliyatini "Roma"da davom ettiradi.
Niderlandiyalik futbolchi ijara asosida 2 million yevro evaziga Rim klubiga o'tdi. Agar "bo'rilar" yevrokuboklarga yo'llanma qo'lga kiritsa, 26 yoshli forvardni 25 million yevroga sotib olishga majbur.
Doniyell yangi jamoasida Eldor Shomurodov o'ynagan 14-raqamni oldi.
Malen bu mavsumda birminhhemliklar safida barcha turnirlarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgandi.
Oldinroq Madridning "Atletiko"si ham hujumchini o'z safiga qo'shib olishi mumkinligi xabar qilingandi.