Italiya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda «Milan» o‘z uyida «Jenoa»ni qabul qilib, 90+2-daqiqadagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Etiborlisi, genuyaliklar g‘alabani ilib ketishlari mumkin edi, ammo 90+9-daqiqada Stanchu penaltini noaniq amalga oshirdi.
Allegri jamoasi 39 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi va endi peshqadam «Inter» bilan farq 3 ochkoni tashkil qilmoqda. De Rossi boshqaruvidagi «Jenoa» esa ochkolarini 16 taga yetkazib, 17-pog‘onaga joylashgan.
A Seriya. 19-tur
Milan — Jenoa 1:1
8 yanvar, «San-Siro»
Gollar: Leau (90+2) — Kolombo (28).
Foydalanilmagan penalti: Stanchu (90+9).
Milan — Menyan, Tomori, Gabbia (Atekame, 75), Pavlovich, Salemakers (Fullkrug, 65), Fofana (Loftus-Chik, 46), Modrich, Rabio, Bartesagi, Pulishich, Leau.
Jenoa — Leali, Markandalli, Ostigor, Vaskes, Norton-Kaffi, Frendrup, Malinovskiy (Ellertsson, 64), Torsbi (Mazini, 63), Karikol (Stanchu, 83), Vitinya (Ekhator, 75), Kolombo (Otoa, 83).
Ogohlantirishlar: Gabbia (70), Leali (80), Menyan (90+7), Pavlovich (90+9).