Italiya chempionatining 19-turi Milandagi o‘yin bilan yakuniga yetadi. Unda mezbonlar "Jenoa"ni qabul qilishadi.
Toshkent vaqti bilan soat 00:45da start oladigan bellashuv uchun asosiy tarkiblar e'lon qilindi.
"Milan" 38 ochko bilan 2-o‘rinni, genuyaliklar 15 ochko bilan 17-pog‘onani egallab turishibdi.
A Seriya. 19-tur
Milan — Jenoa
8 yanvar, "San-Siro"
Milan — Menyan, Tomori, Gabbia, Pavlovich, Salemakers, Fofana, Modrich, Rabio, Bartesagi, Pulishich, Leau.
Jenoa — Leali, Markandalli, Ostigor, Vaskes, Norton-Kaffi, Frendrup, Malinovskiy, Torsbi, Karikol, Vitinya, Kolombo.