Live
1
O'zbek

Yamal: «Shubhasiz, bu mening faoliyatimdagi eng muhim oʻyin»

Futbol
14 iyul, 00:00
Ispaniya vingeri Fransiyaga qarshi boʻladigan uchrashuv haqida gapirib oʻtdi.
Yamal: «Shubhasiz, bu mening faoliyatimdagi eng muhim oʻyin»
Foto: Getty Images
14.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal 2026 yilgi jahon chempionati yarimfinal bosqichi doirasida Fransiyaga qarshi boʻladigan uchrashuv haqida gapirib oʻtdi.

Kecha, 13 iyul sanasida tugʻilgan kunini nishonlagan «Barselona» futbolchisi oʻyin oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

«Shubhasiz, bu mening faoliyatimdagi eng muhim oʻyin. Biz hech qanday qoʻrquvni his qilmayapmiz. Ispaniya — amaldagi Yevropa chempioni. Shunday ekan, biz hech kimdan qoʻrqmaymiz», — dedi 19 yoshli Yamal.

Ma'lumot oʻrnida, 14 iyuldan 15 iyulga oʻtar kechasi Fransiya va Ispaniya mundialning birinchi finalchisi boʻlish uchun kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Avvalroq Lamin ushbu bahsdan agar kimdir qoʻrqishi kerak boʻlsa, bu Fransiya boʻlishi lozim ekanini aytib oʻtgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar