Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mart oyidagi yigʻinlarga Neymarning chaqirilmagani haqida fikr bildirdi.
«Santos» hujumchisi Fransiya hamda Xorvatiyaga qarshi 26 va 31 mart kuni boʻlib oʻtadigan oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazib yuboradi.
«Neymar agar 100% formadabo'lsa, Jahon chempionatiga borishi mumkin.
Nega hozir uni chaqirmadim? U ishlashni, oʻynashni, oʻz salohiyatini koʻrsatishni va yaxshi jismoniy formadabo'lishni davom ettirishi kerak», – dedi italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida.