Eslatib o‘tamiz, bugun, 18 iyul tunda Toshkent vaqti bilan 02:00da jahon chempionati bronza medallari uchun Fransiya va Angliya milliy jamoalari maydonga tushadi. O‘yin AQSHning Florida shtatidagi «Xard Rok» stadionida bo‘lib o‘tadi.
«Bema’nilik, ahmoqgarchilik. FIFA futbolchilarning salomatligi haqida bong uradi, ular suv ichib, tiklanib olishlari uchun qisqa tanaffuslar o‘ylab topadi va yana nimalardir. Nima deb o‘ylaysiz, final uchun harakat qilib, mag‘lub bo‘lgan jamoani bir necha kun o‘tib, umuman keraksiz o‘yinda maydonga tashlanayotganda shu haqda o‘ylab ko‘rishadimi? Bundan tashqari ular Mayamida, jaziramada to‘p tepishida. Qani bu yerda futbolchilar haqida g‘amxo‘rlik?
Bu o‘yin nima uchun, kim uchun kerak? Sababi bitta: pul. Bema’nilik. Murabbiylarning so‘zlarini hamma eshitib bo‘ldi, va ishonchim komil, futbolchilar bilan gaplashsangiz ularning deyarli barchasi tezroq uyiga qaytib, tezroq musobaqa «yukidan» qutulishni va dam olishni istaydi», — deya Shirer so‘zlaridan iqtibos keltirdi Metro.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi