Bugun
14
O'zbek

Raya: "APL bizniki, ammo hali tugatmadik"

Futbol
31 may, 11:10
"Arsenal" posboni YChL finalidagi mag'lubiyatdan so'ng jamoa muxlislariga murojaat qildi.
Raya: "APL bizniki, ammo hali tugatmadik"
Foto: Getty Images

“Arsenal” darvozaboni David Raya Chempionlar ligasi finalidagi magʻlubiyatdan soʻng jamoa muxlislariga murojaat qildi.

"Hammisi biz istagandek yakunlanmadi, lekin bu ajoyib sayohat bo'ldi!

Butun mavsum davomida ko'rsatgan betakror qo'llab-quvvatlashingiz uchun rahmat, '"to'pchilar". Yuksalishda va qiyin damlarda ham siz doim biz bilan birga bo'ldingiz.

Premer-liga — bizniki, ammo hali tugatmadik. Bir necha soatdan keyin ko'rishamiz",
— deb yozdi Raya "instagram"dagi sahifasida chempionlik paradidan oldin.

Ma'lumot uchun, London klubi bugun — 31 may kuni APLdagi chempionlik sharafiga parad o'tkazdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar