"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya liga kubogi finalida "shaharliklar"ning birinchi golini qanday nishonlaganini hazilomuz tarzda izohladi.
Manchester klubi finalda "Arsenal"ni 2:0 hisobida mag'lub etib, 9-marta ushbu sovrinni qo'lga kiritdi. Niko O'Rayli dubl muallifi bo'ldi.
60-daqiqada "Manchester Siti"ning birinchi golini nishonlar ekan, Pep sakragan holda reklama shitini tepdi.
"Men ham gollarni nishonlayman, axir sun'iy intellekt emasman – hozircha. Men insonman", – dedi Gvardiola o'yindan so'ng.