Bugun
46
O'zbek

"Arsenal" Angliya liga kubogi tarixida o'ziga xos antirekord qayd etdi

Futbol
23 mart, 03:00
XXI asrda jamoa 4 marta finalgacha yetib borgan va ularning barchasida yutqazgan.
"Arsenal" Angliya liga kubogi tarixida o'ziga xos antirekord qayd etdi
Foto: Getty Images
22.03.2026 FT Angliya Liga kubogi Arsenal Arsenal 0 : 2 Manchester Siti Manchester Siti

"Arsenal" Angliya liga kubogi finalida "Manchester Siti"ga mag'lub bo'ldi. Ma'lum bo'lishicha, bu XXI asrda aynan ushbu musobaqa finallarida "to'pchilar"ning to'rtinchi ketma-ket mag'lubiyati sanaladi.

Ushbu asrda "Arsenal" 4 marta finalgacha yetib borgan va ularning barchasida yutqazgan (2007, 2011, 2018 va 2026 yillar). Bu ko'rsatkich Angliya liga kubogi tarixida shu sovrinni qo'lga kiritgan klublar orasida antirekord hisoblanadi. Hech bir g'olib jamoa bunchalik ko'p finalni ketma-ket boy bermagan.

Ma'lumot o'rnida, "Arsenal"ning ushbu musobaqadagi so'nggi g'alabasi 1993 yilga to'g'ri keladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Liga kubogi Angliya Liga kubogi
Bugungi yangiliklar