«Uembli»da o'tgan Angliya liga kubogi finalida «Manchester Siti» «Arsenal» bilan to'qnash kelib, Niko O'Raylining dubl evaziga g'alaba qozondi va o'z tarixida 9-bor ushbu turnirda zafar quchdi.
«Shaharliklar» safida O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husonov to'liq harakat qilib, ingliz klubidagi ilk sovrinini qo'lga kiritdi.


Arteta jamoasi ushbu mag'lubiyatdan so'ng «kvadrupl»ga (bir mavsumda 4 ta sovrin yutish) erishish imkoniyatini yo'qotdi.
Angliya liga kubogi. Final
Arsenal — Manchester Siti 0:2
22 mart, «Uembli»
Gollar: O'Rayli (60, 64).
Arsenal — Kepa, Uayt (Jezus, 82), Saliba, Gabriel, Hinkapi (Kalalfiore, 65), Rays, Subimendi, Havyerts (Madueke, 65), Trossar (Martinelli, 82), Saka, Gokeresh.
Manchester Siti — Trafford, Nunez, Husonov, Ake, O'Rayli, Rodri, Sherki (Foden, 90+1), Silva, Doku, Semenyo, Holand.
Ogohlantirishlar: Hinkapi (16), Husonov (32), Kepa (51), Uayt (69).