Bugun
8
O'zbek

Arteta: "Men uchun bu mag'lubiyatni qabul qilish qiyin bo'lmoqda"

Futbol
23 mart, 06:00
"Arsenal" bosh murabbiyi "Man Siti"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.
Arteta: "Men uchun bu mag'lubiyatni qabul qilish qiyin bo'lmoqda"
Foto: Championat.com
22.03.2026 FT Angliya Liga kubogi Arsenal Arsenal 0 : 2 Manchester Siti Manchester Siti

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya liga kubogi finalida "Manchester Siti"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan o'yin haqida fikr bildirdi.

"Men uchun bu mag'lubiyatni qabul qilish qiyin bo'lmoqda. Chunki biz bu sovrinni qo'lga kiritmoqchi edik.

O'yin ikki mutlaqo turli taymga bo'lindi. Birinchi bo'limda, menimcha, biz yaxshiroq ko'rindik va ikkita juda yaxshi imkoniyat yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik.

Raqqibga qilgan ishlari uchun munosib baho berish kerak. Bu qayg'uli kun. Bizda sakkiz oy davomida yaxshi davr bo'ldi. Liga kubogidagi natija — alamli jarayon.

Endi bu tuyg'uni keyingi ikki oy uchun motivatsiyaga aylantirib, mavsumni imkon qadar yaxshi yakunlashimiz kerak", — dedi Arteta BBCga bergan interv'yusida.

Shu tariqa, "to'pchilar" bu mavsum yakunida kvadrupl qayd etish imkoniyatini ham boy berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Liga kubogi Angliya Liga kubogi
Bugungi yangiliklar