Bugun
17
O'zbek

Niderlandiya milliy jamoasi mundiallardagi gollari sonini 100 tadan oshirdi

Futbol
20 iyun, 14:26
Kuman jamoasi tarixiy natijaga Shvetsiyaga qarshi bahsda erishdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Niderlandiya milliy jamoasi mundiallardagi gollari sonini 100 tadan oshirdi
Foto: Getty Images
20.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Niderlandiya Niderlandiya 5 : 1 Shvetsiya Shvetsiya

Niderlandiya milliy jamoasi futbol tarixidagi muhim natijalardan birini qayd etdi.

Squawka ma’lumotiga ko‘ra, «oranjelilar» JCHlarda urilgan gollari sonini 100 tadan oshirdi. Tarixiy natija JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Shvetsiyaga qarshi uchrashuvda qayd etildi.

Uchrashuv davom etayotgan bir paytda Ronald Kuman shogirdlari 4:1 hisobida oldinda bormoqda.

JCH-2026. 2-tur
Niderlandiya — Shvetsiya 3:0
Gollar: Brobbi 5, 17, Gakpo 47, 54 - Elanga 59.

Shu tariqa, Niderlandiya jahon chempionatlari tarixida 100 ta gol urgan sakkizinchi jamoaga aylandi.

Avvalroq ushbu natijaga quyidagi milliy jamoalar erishgan edi:

Braziliya
Germaniya
Argentina
Fransiya
Italiya
Ispaniya
Angliya

Niderlandiya esa endi ushbu nufuzli ro‘yxatdan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 guruh bosqichi 27 iyunga qadar davom etadi. Har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar hamda eng yaxshi sakkizta uchinchi o‘rin sohiblari pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Shvetsiya Shvetsiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar