«Milan» futbolchisi Luka Modrich Yevropaning top-5 chempionatlaridagi 550-o‘yinini o‘tkazdi.
Milanliklar A Seriyaning 30-turida «Torino»ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, g‘alabali yo‘lga qaytdi. Shu tariqa, Massimiliano Allegri shogirdlari o‘ziga xos yubileyni munosib tarzda nishonladi.
Gap shundaki, xorvatiyalik tajribali futbolchi uchun ushbu bahs Yevropaning top-5 chempionatlarida o‘tkazgan 550-bellashuvi bo‘ldi. Faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida 2008 yilda Modrich debyut qilganidan buyon bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqat fransiyalik Antuan Grizmann Lukadan yuqorida — 555 ta o‘yin.
Ma’lumot o‘rnida, keyingi tur «Milan» amaldagi chempion «Napoli»ga qarshi maydonga tushadi.