Italiya chempionati 30-turida "Milan" o'z maydonida "Torino"ni qabul qilib, 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
"Rossonerilar" safida Pavlovich, Rabiot va Fofana gollarga mualliflik qildi. Mehmonlar safida Simeone va Vlasic gollarni o'z hisobiga yozib qo'ydi.
Shu tariqa, Allegri jamoasi ochkolari sonini 63 taga yetkazib, 2-o'ringa qaytdi. Turin klubi 33 ochko bilan 14-pog'onada.
A Seriya. 30-tur
Milan — Torino 3:2
Gollar: Pavlovich 36, Rabiot 54, Fofana 56 – Simeone 44, Vlasic 82 penalti
Milan – Menyan, Tomori, de Vinter, Pavlovich, Salemakers, Fofana (Ritchi, 69), Modrich, Rabiot, Bartezagi, Pulisic (Jimenez, 77), Fyullkrug (Nkunku, 70).
Torino – Paleari, Koko, Ismajli, Ebosse, Pedersen, Prati (Ilhon, 64), Gineitis, Obrador, Vlasic, Simeone, Zapata (Adams, 64).