Live
1
O'zbek

Mbappe – Jahon chempionatida penaltidan gol urolmagan ikkinchi fransiyalik

Futbol
10 iyul, 03:45
Hujumchi bunga qadar milliy jamoa safida ketma-ket 15 ta penaltini aniq amalga oshirgandi.
Mbappe – Jahon chempionatida penaltidan gol urolmagan ikkinchi fransiyalik
Foto: Getty Images
09.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 2 : 0 Marokash Marokash

Kilian Mbappe Fransiya milliy jamoasi tarixida Jahon chempionati doirasida penaltini golga aylantira olmagan ikkinchi futbolchiga aylandi.

“Real” hujumchisi 2026 yilgi Jahon chempionati chorakfinalida Marokashga (2:0) qarshi oʻyinning birinchi boʻlimida 11 metrlik jarima zarbasini aniq bajara olmadi. Raqib darvozaboni Yosin Bunu Kilianning zarbasini qaytarib qoldi.

Bunga qadar Fransiya safida Jahon chempionatida penaltini golga aylantira olmagan yagona futbolchi Karim Benzema edi. U 2014 yildagi mundialda Shveytsariyaga qarshi bahsda 11 metrlik jarima zarbasidan foydalana olmagan.

Marokash bilan oʻyinga qadar Mbappe Fransiya safida penaltitar seriyasini ham hisobga olganda ketma-ket 15 ta penaltini aniq amalga oshirgandi. U so'nggi marta Yevro-2020 musobaqasida Shveytsariyaga qarshi penaltitar seriyasida (asosiy vaqt — 3:3, pen — 4:5) 11 metrlik nuqtadan gol urolmagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar