Bugun
27
O'zbek

Luis de la Fuente Keynning penaltidan gol ura olmaganiga munosabat bildirdi

Futbol
26 sentabr, 22:52
    22
Murabbiy Angliya - Ispaniya bahsida inglizlar forvardi jarima zarbasini golga aylantira olmagani haqida gapirdi.
Luis de la Fuente Keynning penaltidan gol ura olmaganiga munosabat bildirdi
Foto: Gettyimages
26.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Angliya Angliya 2 : 3 Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Angliya milliy jamoasi yetakchisi Harri Keynning UYEFA Millatlar ligasining ochilish o‘yinida gol urilmagan o‘n bir metrlik zarbasi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ma’lumot uchun, birinchi bo‘limdan keyin 1:2 hisobida ortda qolayotgan Ispaniya yakunda 3:2 hisobidagi irodali g‘alabaga erishdi.

«Nazarimda, muvozanatni tiklashni biz uchta juda xavfli vaziyatlarni yaratganimizda boshladik. Agar o‘sha penalti golga aylanganda ham, u unchalik ahamiyatga ega bo‘lmasdi. Chunki jamoa 1:3 hisobida ham xuddi shunday reaksiya bildirgan bo‘lardi. Raqib kuchli hujumga ega bo‘lsa ham, har doim gol uravermaydi», - deya de la Fuentening so‘zlaridan iqtibos keltiradi AS.

Eslatib o‘tamiz, Harri Keyn bellashuvning 54-daqiqasida hisob 2:1 bo‘lib turgan pallada inglizlar foydasiga belgilangan penaltidan gol ura olmadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

22 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar