Fransiya chempionatining 31-turida "PSJ" klubi safarda "Anje" bilan kuch sinashdi. Bellashuv 3:0 hisobida parijliklarning g'alabasi bilan yakuniga yetdi.
Luis Enrike jamoasi safida gollar Li Kan In, Mayulu va Beraldo hisobiga yozildi.
Shu tariqa, "PSJ" ochkolari sonini 69 taga yetkazib, peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Anje" esa 31 ochko to'plab, 13-pog'onada.
Liga 1. 31-tur
Anje – PSJ 0:3
Gollar: In 8, Mayulu 39, Beraldo 52.
PSJ: Safonov, Ernandez (Zair-Emeri, 46), Pacho, Zabarniy, Hakimi, Fabian Ruis (Nevesh, 46), Beraldo, Mayulu (Mendesh, 77), Barkolya, Ramush, Li Kan In.
Chetlatish: Ramush 74.