Live
1
O'zbek

Hakimi "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan jarohat oldi

Futbol
26 aprel, 03:00
Himoyachi ikkinchi bo‘lim boshlanishidan oldin almashtirildi.
Hakimi "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan jarohat oldi
Foto: Getty Images
25.04.2026 FT Liga 1 Fransiya Angers Angers 0 : 3 Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain

"PSJ" himoyachisi Ashraf Hakimi "Anje"ga qarshi Liga 1 o‘yini (3:0)da jarohat oldi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar berdi.

Marokashlik futbolchi bahsni asosiy tarkibda boshladi, ammo ikkinchi bo‘lim boshlanishidan oldin almashtirildi. Qayd etilishicha, Hakimi tezkor yugurishdan keyin noqulaylik his qilgan, shu sababli Luis Enrike uni maydondan olishga qaror qilgan.

Shunga qaramay, bu faqat ehtiyot chorasi bo‘lib, futbolchi "Bavariya"ga qarshi Chempionlar Ligasi yarimfinal bosqichining ilk bahsigacha tiklanishga ulguradi.

Avvalroq Hakimining "Real"ga o‘tishni xohlayotgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angers Angers
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar