La Liga futbolchilari o‘yinlar paytida eng ko‘p asabga tegadigan murabbiyini tanlashdi.
ESPN tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada ismini oshkor qilishni istamagan 30 nafar futbolchi ishtirok etdi. Ularning 43,3%i eng ko‘p norozilikni «Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeonega bildirgan.
«Xetafe» ustozi Pepe Bordalas 23,3% ovoz oldi, «Vilyarreal» murabbiyi Marselino — 13,3%.
Shuningdek, «Jirona»dan Michel (6,6%) va allaqachon «Real»dan ketgan Xabi Alonsoga (3,3%) ham «ovoz berilgan».
So‘rovnomada ishtirok etgan o‘yinchilardan biri: «Simeone raqiblarni provokatsiya qilishni juda yaxshi ko‘radi», — dedi. Yana biri esa: «Bordalas hamma narsadan shikoyat qiladi», — deya fikr bildirdi.