Mehmonlar bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa ushbu o‘yin uchun qaydnomani ma’lum qildi.
Jarohatdan tiklangani aytilgan Tibo Kurtua hozircha qaydnomada yo‘q. Shuningdek, Arda Guler va Kilian Mbappe ham jamoadoshlariga yordam bera olmaydi.
O‘z navbatida yozda ijaraga berib yuborilishi aytilgan Mastantuono qaydnomaga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Espanyol» - «Real» bahsi 3 may kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 23:59da start oladi.