Live
1
O'zbek

Kompani «Kyoln» bilan durangdan so‘ng: «Hozir juda murakkab vaziyatdamiz»

Futbol
20 noyabr, 21:30
    11
«Bavariya» bosh murabbiyi «Kyoln»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Kompani «Kyoln» bilan durangdan so‘ng: «Hozir juda murakkab vaziyatdamiz»
Foto: Getty Images
20.11.2026 FT Bundesliga Germaniya Bavariya Bavariya 1 : 1 Kyoln Kyoln

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya Bundesligasida «Kyoln»ga qarshi o‘tkazilgan va 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Albatta, bu o‘ziga xos o‘yin bo‘ldi. O‘ylashimcha, uchrashuvni yomon boshlamadik. Har holda, dastlabki daqiqalarda munosib harakat qildik. Yaxshi temp va yuqori shiddatni saqlab turishga muvaffaq bo‘ldik.

Lekin keyin Keyn va Olisening jarohat olishi vaziyatni o‘zgartirdi. Shunga qaramay, buni bahona sifatida ko‘rsatmoqchi emasman. Menimcha, natija adolatli bo‘ldi va raqibimiz bunga munosib edi.

Ochig‘ini aytsam, hozir bizni boshqa masalalar ko‘proq tashvishlantirmoqda. Biz yuzaga kelgan vaziyatni ortiqcha shikoyatlarsiz qabul qilishimiz va oldinda nimalar kutayotganini tushunishimiz kerak.

Juda katta matonat ko‘rsatishimiz lozim. Keyingi o‘yinda raqibimiz kim bo‘lishidan qat’i nazar, ijobiy natijaga erishish yo‘lini topishimiz shart.

Ayni paytda biz nihoyatda murakkab vaziyatdamiz», — dedi Kompani.

Shu tariqa, myunxenliklar «Kyoln» bilan bahsda ikki ochko yo‘qotish bilan birga, Keyn va Olisening jarohati tufayli ham jiddiy muammoga duch keldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Kyoln Kyoln
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

11 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar