Oʻzbekiston kubogi 3-turidan oʻrin olgan “Havoqand” – “Andijon” (1:8) oʻyinidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Islom Ahmedov qatnashdi.
— Barchani Qurbon Hayit bayrami bilan tabriklayman. O'zbekiston kubogi guruh bosqichini tugatib oldik va Xudoga shukurki, keyingi bosqichga chiqdik. Yigitlarga katta rahmat aytamiz. Andijondan kelib bizni qo'llab turgan muxlislarimizga ham katta rahmat. Butun Andijon xalqini jamoamizning keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklaymiz.
— Bugun yoshlar jamoasidan bir qator futbolchilar ham maydonga tushirildi. Ularning orasidan sizga eng ko'p yoqqani kim bo'ldi?
— Barchasi harakat qilishyapti. Lekin yaqqol ajratib ko'rsata olmaymiz. Barchasi teng harakat qilishdi. Yoshlarimizni ishlaydigan, qo'shadigan jihatlari juda ko'p. Ularni asta-sekin shunaqa o'yinlar orqali asosiy tarkibga tayyorlab boramiz.
— Endi tanaffus katta. Jamoani kuchaytirish kerak bo'lgan chizig'i qaysi, deb o'ylaysiz?
— Tayyorlov jarayoni ikki qismga bo'linadi: qishki va yozgi. Bunda ham baribir jismoniy holatiga qaraymiz. Hozirgi ishlanmalarimizni yanada rivojlantiramiz. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Hujumdaga yakunlovchi qismlar ustida, to'pni nazorat qilish bo'yicha ham ishlaymiz. Tayyorlov jarayonida ish ko'p.
— Eldor Adhamov qaydnomaga ham kiritilmadi. Unda jarohat bormidi yoki dam berildimi?
— Darvozabonlarimiz uch nafar. Shuning uchun uchalasiga o'yin amaliyoti berishga qaror qildik. Rustamjonov ham yosh, iqtidorli va o'sib kelayotgan posbon. Unga ham imkoniyat bermasak bo'lmasdi.
— O'yin davomida parallel ravishda "Nasaf"ning ham natijasi bilan qiziqib turdingizmi?
— Yordamchilarim yetkazib turishdi. 1/8 finalni o'z uyimizda o'tkazishni istaganimiz uchun buni maksimal ravishda futbolchilarga tushuntirgandik. Xudoga shukur, yigitlar professional harakat qilib, o'z imkoniyatlarini golga aylantirish payida bo'lishdi. Ha, qaerdadir omad ham kelmadi. Hamma ham o'z uyida muxlislari qarshisida o'ynashni xohlaydi.
— Endi Jahon chempionati munosabati bilan chempionatimizda tanaffus bo'ladi. Shu vaqt davomida jamoaning tayyorlov rejasi qanday bo'ladi?
— Asosan o'zimizni qarorgohda boshlaymiz. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ishlab olganimizdan keyin o'yin amaliyoti uchun ikki-uchta rejalar qilyapmiz va boshqa mamlakatga borib o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazib kelmoqchimiz, — deya Ahmedovning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Islom Ahmedov — 8:1 hisobidagi g'alaba, "Andijon"ning katta tanaffusdagi rejalari va darvozabonlar haqida
Futbol
26 may, 16:00
"Andijon" bosh murabbiyi jamoani O'zbekiston kubogi 1/8 finaliga olib chiqqan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Foto: Andijon FC
26.05.2026
FT
Oʻzbekiston Kubogi
Havoqand
1
:
8
Andijon