H guruhi 3-tur bahslari yirik hisoblar bilan yakunlandi. «Nasaf» o‘z maydonida «Sho‘rtan» darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urgan bo‘lsa, «Andijon» safarda «Haqokand» ustidan 8:1 hisobidagi yirik g‘alabani qayd etdi. Mazkur natijalardan keyin har ikki jamoa pley-off bosqichiga chiqdi.
«Nasaf» bahs davomida to‘liq ustunlik qildi. Qarshiliklar hisobni avtogol evaziga ochdi, ikkinchi bo‘limda esa Sharof Muhitdinov, Bobur Abduholiqov va yana bir avtogol hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
«Andijon» esa «Havoqand»ga qarshi bahsda haqiqiy gollar shousini namoyish etdi. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov xet-trik qayd etdi, Azizbek Turg‘unboyev esa dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Usmonali Ismonaliyev, Bekzod Sulaymonov va Hamidullo Karimov ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Mazkur natijalardan keyin «Nasaf» va «Andijon» 7 tadan ochko to‘plab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi. «Sho‘rtan» 3 ochko bilan uchinchi, «Havoqand» esa ochkosiz holda guruhda qolib ketdi.
O‘zbekiston kubogi. 3-tur
Nasaf – Sho‘rtan 4:0
Gollar: Shohruh Eshbo‘tayev 15 avtogol (1:0), Sharof Muhitdinov 48 (2:0), Ulug‘bek Xudayberdiyev 80 avtogol (3:0), Bobur Abduholiqov 90+1 (4:0).
Nasaf: Samandar Muratbayev, G‘olib G‘aybullayev, Zafarmurod Abdiraxmatov, Bobur Abduholiqov, Sharof Muhitdinov, Oybek Rustamov, Murod Rahmatov, Yusuf Otubanjo, Diyor Abdunazarov, Dilshod Murtazayev, Quvonch Xushvaqtov.
Sho‘rtan: Shohruhjon Eshbo‘tayev, Ulug‘bek Xudoyberdiyev, Shahboz Nuriddinov, Olavale Tehe, Levan Barabadze, Jo‘rabek Mannonov, Beka Xarshiladze, Daniel Nasriddinov, Mirjalol Jumayev, Bekzod Suvonov, Diyorbek Asomiddinov.
O‘zbekiston kubogi. 3-tur
Havoqand – Andijon 1:8
Gollar: Usmonali Ismonaliyev 7 (0:1), Bekzod Sulaymonov 13 (0:2), Azizbek Turg‘unboyev 20 (0:3), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 22 (0:4), Azizbek Turg‘unboyev 32 (0:5), Ixtiyor Ahmadjonov 45+2 (1:5), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 72 (1:6), Hamidullo Karimov 74 (1:7), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 90+3 (1:8).
Havoqand: Muhammadamin Valiyev, Azizbek Ibrohimov, Elbek Turg‘unaliev, Barhayotjon Saidahmadjonov, Asrorjon Qurbonov, Ilhomjon Turobjonov, Sardorbek Rahimov, Abubakrsiddiq Toshtemirov, Xafizjon Odilov, Ixtiyorjon Ahmadjonov, Ozodbek Ahmadjonov.
Andijon: Nematulloh Rustamjonov, Odilbek Abdumajidov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Humoyunmirzo Iminov, Abdurahmon Komilov, Azizbek Turg‘unboyev, Damir Temirov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Usmonali Ismonaliyev, Muhammadkarim Toirov, Bekzod Sulaymonov.