"Manchester Siti" matbuot xizmati jamoaning aprel oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogarlarni e’lon qildi.
"Shaharliklar" rasmiy sayti xabariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Abdulqodir Husanov, yarimhimoyachi Bernardu Silva va himoyachi Niko O'Rayli — sovrin uchun nomzod.
G‘olib muxlislarning ovoziga ko‘ra aniqlanadi.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli Husanov aprel oyida "Siti" safida 4 ta o‘yinida maydonga tushib, barchasida 7+ ball oldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik himoyachi bungacha uch bor, xususan o‘tgan oyda ham jamoasining eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan.