Live
1
O'zbek

Gakpo Niderlandiya — Shvetsiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Futbol
20 iyun, 15:43
Kodi o'yinda 2 ta gol urdi va 1 assistni qayd etdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Gakpo Niderlandiya — Shvetsiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Фото: Getty Images
20.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Niderlandiya Niderlandiya 5 : 1 Shvetsiya Shvetsiya

Niderlandiya milliy jamoasi hujumchisi Kodi Gakpo Shvetsiyaga qarshi kechgan o'yinning (5:1) eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

U boshlang'ich tarkibda maydonga tushib, 90 daqiqa harakat qildi. Ikkinchi bo'lim boshida Gakpo 47 va 54-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi. Shuningdek, Brayan Brobbiga golli uzatma berdi. Final hushtagi oldidan hujumchi zaxiraga olindi.

Ma'lumot uchun, ikki turdan so'ng Niderlandiya milliy jamoasi F guruhida 4 ochko jamg'argan. Guruh bosqichining yakuniy uchrashuvida Ronald Kuman jamoasi 26 iyun kuni Tunisga qarshi o'ynaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Shvetsiya Shvetsiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar