«Arsenal» sardori Martin Edegor APL chempionligidan keyin mavsum yakunlari haqida fikr bildirdi.
London klubi «Kristal Pelas»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, 22 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempioniga aylandi.
«Rostini aytsam, buni tasvirlab bera olmayman. Bu o‘zgacha hissiyot edi. Buning ortida juda ko‘p mehnat va hissiyotlar turibdi.
Bu juda hissiyotli, ammo ajoyib kun va ishonib bo‘lmas yutuq», — dedi Edegor Sky Sports’ga.
Shuningdek, norvegiyalik futbolchi mavsum davomida jamoa o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaganini ta’kidladi.
«Har doim shubha va qo‘rquv bo‘ladi. Ammo biz o‘zimizga ishonishda davom etdik. Eng qiyin pallalarda ham bir-birimizni qo‘llab-quvvatladik.
Biz kurashishda davom etdik va oxir-oqibat maqsadimizga erishdik. Shu sabab bu muvaffaqiyat yanada qadrliroq bo‘ldi», — dedi «Arsenal» sardori.
Ma’lumot uchun, Mikel Arteta jamoasi mavsumni «Manchester Siti»dan 7 ochko oldinda yakunladi.