Live
3
O'zbek

«Arsenal» APL tarixida noyob natija qayd etdi

Futbol
24 may, 15:18
London klubi mavsumni qizil kartochka va penaltilarsiz yakunladi.
«Arsenal» APL tarixida noyob natija qayd etdi
Foto: Getty Images
24.05.2026 FT Angliya Premer-ligasi Kristal Pelas Kristal Pelas 1 : 2 Arsenal Arsenal

«Arsenal» Angliya Premyer Ligasining 2025/26-yilgi mavsumida tarixiy natijaga erishdi. Jamoa 22 yil kutilgan chempionlik bilan birga boshqa bir qator noyob natijalarni ham qayd etdi.

The Athletic nashri ma’lumotiga ko‘ra, Mikel Arteta jamoasi APL tarixida bir mavsum davomida qizil kartochka olmagan va o‘z darvozasiga penalti belgilanmagan ilk klubga aylandi.

Londonliklar mavsumni 85 ochko bilan chempion sifatida yakunladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan «Manchester Siti» esa 7 ochko kam jamg‘ardi.

Ma’lumot uchun, «Arsenal» 30-may kuni Chempionlar Ligasi finalida «PSJ»ga qarshi maydonga tushadi. Hal qiluvchi bahs Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar