Live
3
O'zbek

Arteta: "Muxlislar bu lahzani juda uzoq kutishdi"

Futbol
24 may, 15:56
"Arsenal" ustozining chempionlik bayramida futbolchilar va muxlislar haqida gapirdi.
Arteta: "Muxlislar bu lahzani juda uzoq kutishdi"
Foto: Getty Images
24.05.2026 FT Angliya Premer-ligasi Kristal Pelas Kristal Pelas 1 : 2 Arsenal Arsenal

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APL chempionligi tantanalari vaqtida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Londonliklar so'nggi turda "Kristal Pelas"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, chempionlik kubogini qabul qilib oldi.

"Ular bu lahzani juda uzoq kutishdi. Bu yo'lda qiyin davrlar ham bo'ldi. Shunday reaktsiyani ko'rganingda, barchasi bunga arziganini tushunasan.

Hozir bu lahzalardan zavqlanish, murabbiylik shlyapasini echib, ular bilan birga xursand bo'lish vaqti", — dedi Arteta Sky Sports'ga.

Shuningdek, ispan mutaxassis jamoasining xarakteriga ham alohida to'xtaldi.

"Biz ajoyib birlik, ulkan fidoyilik va katta jasorat namoyish etdik. Atrofimizdagi barcha narsa bizni shu maqsad sari undadi", — dedi "Arsenal" ustozisi.

Ma'lumot uchun, londonliklar mavsumni 85 ochko bilan yakunladi. Ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti" esa 78 ochko to'pladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar