Live
5
O'zbek

Dimarko A Seriya bir mavsumida gol+pas tizimi bo‘yicha 21 ochko to‘plagan ilk himoyachiga aylandi

Futbol
18 aprel, 07:45
Bu kabi statistika 2004/2005-yilgi mavsumdan buyon hisoblanmoqda.
Dimarko A Seriya bir mavsumida gol+pas tizimi bo‘yicha 21 ochko to‘plagan ilk himoyachiga aylandi
Foto: Getty Images
17.04.2026 FT Italiya A seriyasi Inter Inter 3 : 0 Calyari Calyari

«Inter» himoyachisi Federiko Dimarko Italiya chempionatining 33-tur doirasidagi «Kalyari»ga qarshi o‘yin (3:0)da assist amalga oshirdi.

Shu tariqa, italiyalik futbolchi A Seriya bir mavsumida gol+pas tizimi bo‘yicha 21 (6 gol + 15 assist) ochko to‘plagan ilk himoyachiga aylandi. Bu kabi statistika 2004/2005-yilgi mavsumdan buyon hisoblanmoqda.

Ayni vaqtda Kristian Kivu shogirdlari ochkolari sonini 78 taga yetkazib, chempionlik sari dadil odimlamoqda. Mag‘lub bo‘lgan «Kalyari» esa 33 ochko bilan 16-pog‘onadani band etib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Calyari Calyari
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar