Live
9
O'zbek

A Seriya. "Inter" o'z maydonida "Kalyari"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Futbol
17 aprel, 16:46
Kivu jamoasi chempionlik sari yana bir qadam tashladi.
A Seriya. "Inter" o'z maydonida "Kalyari"ni yirik hisobda mag'lub etdi
Фото: Getty Images

Italiya chempionati 33-turida "Inter" o'z maydonida "Kalyari"ni qabul qildi.

Milan shahrida kechgan bellashuvda mezbonlar 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollar Tyuram, Barella va Zielinski hisobiga yozildi.

Bu natijadan so'ng Kivu shogirdlari ochkolari sonini 78 taga yetkazib, chempionlik sari yana bir qadam tashladi. "Kalyari" esa 33 ochko bilan 16-pog'onada.

A Seriya. 33-tur
Inter – Kalyari 3:0
Gollar: Tyuram 52, Barella 56, Zielinski 90+2
Inter - Martines, Akanji, de Vrey, Karlos Augusto, Dyumfris, Barella, Chalxonog'li, Dimarko (Luis Enrike, 76), Mxitaryan (Zielinski, 76), Tyuram (Bonni, 76), Esposito.
Kalyari – Kaprile, Palestra, Adopo, Gaetano, Rodriges, Sulemana, Mina, Borrelli (Mendi, 57), Ze Pedro, Obert (Zappa, 76), S.Esposito.

Bugungi yangiliklar