Live
1
O'zbek

Damir Temirov: «Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q»

Futbol
30 aprel, 08:43
«Andijon» hujumchisi «Dinamo» ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Damir Temirov: «Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q»
Foto: Andijon FK
28.04.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Andijon Andijon 2 : 1 Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand

Superliganing 10-turida «Andijon» «Dinamo»ni 2:1 hisobida mag‘lub etganidan so‘ng Damir Temirov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘yin juda zo‘r bo‘ldi. Shiddatli va kurashlarga boy o‘tdi. Muxlislarga yoqqan bo‘lsa kerak», - dedi Temirov klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Temirov zaxiradan tushib, g‘alaba golini urgani haqida ham gapirdi:
«Bunaqa o‘y-xayollar hammada bo‘ladi. Bandasi ixlos bilan so‘rasa, Yaratgan albatta beradi».

Futbolchi stadiondagi muhitni ham alohida ta’kidladi:
«Atmosferani so‘z bilan tasvirlab bo‘lmaydi, bu bizga qo‘shimcha kuch beradi. Bejizga 12-o‘yinchi deyishmaydi».

Shuningdek, u jamoaning irodasi haqida to‘xtaldi:
«Murabbiylar shtabining har bir o‘yinga rejasi bor. Shularni to‘liq bajarsak, g‘alabalarga erishamiz».

Eslatib o’tamiz, andijonliklar avvalroq bosh murabbiy Samvel Babayan bilan shartnomani bekor qilgandi.

Ma’lumot uchun, «Andijon» murabbiy almashganidan so‘ng so‘nggi 3 ta o‘yinda 7 ochko jamg‘ardi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar