Live
1
O'zbek

Vadim Abramov: "Pul yo'q bo'lsa, nima qila olamiz? Urugvaylik legioner FIFA'ga yozsa kerak"

Futbol
28 aprel, 22:00
"Dinamo" bosh murabbiyi Andijondagi alamli mag'lubiyatdan so'ng bir qator savollarga javob berdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Vadim Abramov: "Pul yo'q bo'lsa, nima qila olamiz? Urugvaylik legioner FIFA'ga yozsa kerak"
Foto: FC Andijon
28.04.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Andijon Andijon 2 : 1 Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand

Superliga 10-turidan oʻrin olgan “Andijon” – “Dinamo” (2:1) oʻyinidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Vadim Abramov qatnashdi.

— O'yin haqida nima deyishim mumkin? Barcha o'yinni ko'rdi. Kichik hisobda mag'lubiyatga uchradik. To'g'risi, uchrashuv haqida hech narsa ayta olmayman. Bunday holat birinchi marta ro'y berayotgani yo'q. Xatolar tufayli to'p o'tkazib yuboryapmiz va mag'lubiyatga uchrayapmiz.

— "Dinamo" gol urgach, vaqtni cho'za boshladi. Oqibatda birin-ketin ikkita to'p o'tkazib yubordi.

— Yuqorida aytganimdek, qo'pol xatolarga yo'l qo'yapmiz va shuning natijasida to'p o'tkazib, mag'lubiyatga uchrayapmiz. Jamoada qandaydir ishonchsizlik paydo bo'lgan. Gol urdik, lekin undan keyin darvozamizdan to'plar olib chiqdik. O'zimiz o'yinni raqibga topshirib qo'ydik. Siz haqsiz. Bunday holatda o'yin haqida qanday izoh berish mumkin?

— Jamoangiz oxirgi 15 daqiqada muvozanatni yo'qotib qo'ydi. Buning sababi nimada?

— Fikr bildirish qiyin. Balki, jismoniy holatimiz yaxshi emasdir. Albatta, bu toliqishlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Markaziy himoyachilarimiz bir necha bor xatolarga yo'l qo'yishdi. Yaxshi o'ynadik, ammo "Andijon"ning birinchi zarbasi gol bilan yakunlandi.

— Maydon chimi o'sib ketganiga nima deysiz? Bu mag'lubiyatga ta'sir qildimi?

— Mag'lubiyatga uchradik. Endi bu haqida gapirishga hojat yo'q. Balki, shundaydir, ammo raqib ham shu maydonda o'ynadi. Yomon o'ynamadik, biroq xatolarga yo'l qo'ydik va mag'lubiyatga uchradik. Albatta, alamli bo'ldi. Gol urganimizdan keyin yana to'p kiritishimiz mumkin edi. E'tiborli tomoni, "Andijon" bizdan kuchli o'ynamadi. Lekin ular g'alaba qozonishdi.

— Anvar Hojimirzayevning o'zini tutishi sizga g'alati tuyulmadimi? U agressiv o'ynadi, raqib bilan tortishib yurdi va yakunda qizil kartochka oldi. O'tgan turda esa Salim Mustafoyev chetlatilgandi.

— O'yinchilarni to'g'ri tushunaman. Anchadan beri oylik maosh olmagandan keyin har xil ruhiy holatlar yuz beradi. Muammolarimiz yetarlicha bor. Futbolchilarni ayblash ham qiyin. Kimdir ketmoqchi, yana boshqasi shundan fikrda.

— Xislat Xalilov va urugvaylik legioner Mauro Brazil klubdan ketishdimi?

— Nima deyishim mumkin? Ular kelishdi, qarashdi, jamoada oylik berilmayapti. Shu sabab o'ynamaydigan bo'lishdi. Pul yo'q bo'lsa, biz nima qila olamiz? U ketdi va, meningcha, FIFA'ga murojaat qilsa kerak. Xislat Xalilov oldimga keldi va ketishini aytdi. Nima ham qila olardim, rozilik berdim. Xohlamagan o'yinchini majbur o'ynatib bo'lmaydi. Shu bois hech qanday e'tiroz bildirmadim. Jamoada faqat o'zini emas, butun jamoani o'ylash kerak, — deya Abramovning so'zlarini keltiradi "Andijon" matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar