"Andijon" jamoasi yozgi ta'tildan keyingi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini 10 iyun sanasidan o'z qarorgohida boshlagan.
Klub matbuot xizmati xabar berishicha, kuniga ikki mahaldan olib borilgan mashg'ulotlar ko'tarinki kayfiyatda, reja asosida olib borildi va tayyorgarlikning ilk bosqichi yakunlandi.
Jamoa tayyorgarlik jarayonining navbatdagi qismini Belarus poytaxti Minsk shahrida o'tkazishi rejalashtirilgan.
Jumladan, 22 iyun-6 iyul oralig'ida "burgutlar" Minskda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib boradi. U yerda tabiiyki, nazorat o'yinlari ham rejalashtirilgan bo'lib, bu borada 6 ta o'yin ko'zda tutilgan.
"Yaqin vaqtlar ichida o'rtoqlik o'yinlaridagi raqiblar xususida ham ma'lumot taqdim qilamiz", — deyiladi klub xabarida.