Germaniya chempionati 32-turida "Bayer" o'z maydonida "Leyptsig"ni qabul qildi. Bellashuv 4:1 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakuniga yetdi.
Leverkuzenliklar safida Patrik Shik het-trik qayd etdi. Chexiyalik hujumchi 25, 76 va 89-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Shu tariqa, "dorishunoslar" ochkolari sonini 58 taga yetkazib, 4-o'ringa ko'tarildi. "Leyptsig" esa 62 ochko bilan 3-pog'onada bormoqda.
Bundesliga. 32-tur
Bayer – Leyptsig 4:1
Gollar: Shik 25, 76, 89, Tella 45 – Baumgartner 80
Bayer: Flekkken, Tapsoba, Andrix, Kuansa, Grimaldo, Palasios, Garsiya (Fernandes, 85), Kalbret (Artur, 77), Tella (Poku, 77), Maza (Tilman, 85), Shik (Kofane, 90).
Leyptsig: Vandervoort, Finkgrefe (Henriks, 84), Bitshiabu (Lyukeba, 46), Orban, Baku, Baumgartner, Zayvald (Uedraogo, 65), Shlager, Nusa (Gruda, 46), Romulo (Xarder, 65), Diomande.