Germaniya chempionatining 14-turida "Bavariya" o'z uyida "Mayns" bilan bahs yuritib, Keynning penaltidan urgan goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
Mag'lubiyat nimaligini bilmayotgan Myunxen klubi 38 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi va 2-o'rindagi "Leypsig"ni 9 ochkoga ortda qoldirmoqda. "Maynt" esa 8 ochko bilan so'nggi pog'onada.
Bundesliga. 14-tur
Bavariya — Mayns 2:2
14 dekabr, "Alyants Arena"
Gollar: Karl (29), Keyn (87, penalti) — Potulski (45+2), Li (67).
Bavariya — Noyer, Stanishich, Ito (Devis, 61), Kim (Jekson, 73), Bishof (Laymer, 61), Kimmix, Goretzka (Pavlovich, 61), Olise, Karl, Gnabri, Keyn.
Mayns — Bats, Meloni, Bell, Potulski, Da Kosta, Kavasaki (Norden, 62), Sano, Li Je Son, Veratsshnig, Hollerbax (Vayper, 78), Boving.
Ogohlantirishlar: Da Kosta (50), Laymer (77), Devis (83), Potulski (85).