"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar Ligasi yarimfinal bosqichi doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yin (1:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bizda yaxshi imkoniyatlar ham, qiyin vaziyatlar ham bo'ldi. Ezega nisbatan aniq penalti bor edi va VAR nega hakam (Danni Makkeli)ni chaqirib, qarorni bekor qilganini tushunmadim.
Birinchi ikki penalti to'g'ri belgilandi. APLda ularning hech biri qo'yilmasdi, ammo bu Chempionlar Ligasi va bu turnirda shu kabi holatlar uchrab turadi.
Ikkinchi bo'lim starti menga yoqmadi. So'nggi 15–20 daqiqa esa biz uchun yaxshiroq o'tdi", — dedi Arteta.