Xulian Alvaresning jarohati haqida tafsilotlar paydo bo'ldi.
Eslatib oʻtamiz, “Atletiko” hujumchisi Chempionlar Ligasi yarimfinalidan oʻrin olgan “Arsenal”ga (1:1) qarshi birinchi oʻyinning 77-daqiqasida raqib yarimhimoyachisi Eberechi Eze toʻqnashuvda olgan jarohati sabab almashtirilgandi.
Jurnalist Veronika Brunatining xabar berishicha, o'tkazilgan tekshiruvlar to'piq bog'lamlarida engil cho'zilish borligini ko'rsatgan. Agar tiklanish jarayoni yaxshi kechsa va qayta jarohatlanish yuz bermasa, argentinalik 26 yoshli futbolchi "Arsenal"ga qarshi javob o'yinida ishtirok etishi mumkin.
Ma'lumot uchun, "Arsenal" va "Atletiko" o'rtasidagi javob bahsi 5 may kuni Londonda o'tkaziladi.