Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares Chempionlar Ligasi yarimfinal bosqichi doirasidagi «Arsenal»ga qarshi o‘yin (1:1)da jarohat oldi.
Aynan argentinalik futbolchi «to‘pchilar» darvozasiga kiritilgan gol muallifi bo‘ldi, u 56-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. 77-daqiqada esa forvard jarohati sabab maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Ma'lum qilinishicha, Alvares bilan hammasi joyida. U javob o‘yiniga qadar to‘liq tiklanishga ulg‘uradi.
Ma'lumot o‘rnida, «Atletiko» va «Arsenal» o‘rtasidagi javob bellashuvi 5 may kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.