«Arsenal» Chempionlar ligasida mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.
Londonliklar yarimfinal ilk bahsida «Atletiko» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va shu tariqa turnirdagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlar sonini 13 taga yetkazdi.
Qayd etilishicha, Mikel Arteta shogirdlari ushbu mavsumda 10 ta g‘alaba va 3 ta durang qayd etgan. Jamoa so‘nggi bor 2025-yil bahorida «PSJ»ga qarshi yarim final bahslarida mag‘lub bo‘lgan.
Shu bilan «to‘pchilar» klub tarixidagi eng uzun mag‘lubiyatsiz seriyasini takrorladi. Avval ham ular 13 o‘yinlik seriya qayd etib, 2006-yilda finalga qadar yetib borgan edi.
Ma’lumot uchun, «Arsenal» — «Atletiko» javob bahsi 5-may kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
