«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Espanyol»ga qarshi bahs oldidan motivatsiya haqida fikr bildirdi.
«Yo‘q, bu mening asosiy motivatsiyam emas. Eng muhimi — uch ochkoni qo‘lga kiritish. Bu jamoaga kerak, buni «Real» nomi talab qiladi. Biz uchun eng katta motivatsiya — ertaga «Espanyol»ni mag‘lub etish. Bundan ortiq sabab yo‘q», — dedi Arbeloa.
Eslatib o‘tamiz, agar «Barselona» o‘z o‘yinida g‘alaba qozonib, «Real» ochko yo‘qotsa, 10-may kungi «El Klasiko»da kataloniyaliklar chempion sifatida maydonga tushishi mumkin.