Angliya Premer-ligasi 35-turida "Everton" o'z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qildi.
Gollarga boy kechgan bellashuv 3:3 hisobida yakunlandi. Zaxiradan maydonga tushgan Barri dublga erishdi. Manchesterliklar safida Doku katta sahnaga chiqdi. Aynan uning dublari jamoasiga yordam berdi.
Liverpuldagi bahsda Abduqodir Husonov to'liq maydonda harakat qildi.
Shu tariqa, "Manchester Siti" 71 ochko bilan 2-o'rinda qoldi. "Everton" esa ochkolari sonini 48 taga yetkazib, 11-o'rinda qoldi.
APL. 35-tur
Everton – Manchester Siti 3:3
Gollar: Barri 68, 81, O’Brayn 73 – Doku 43, 90+7, Holand 83
Everton – Pikford, O’Brayn, Tarkovski, Kin, Mikolenko, Garner, Aroegbunam, Ro'hl (Patterson, 90+2), Duzberi-Holl (Alcaraz, 90+2), Ndaye, Betu (Barri, 64).
Manchester Siti – Donnarumma, Nunes, Husonov, Gehi, O’Rayli, Niko (Kovachich, 8), Silva (Marmush, 87), Semenyo (Foden, 75), Sherki, Doku, Holand.