Bugun
1
O'zbek

Albert Bundesligada debyut qilgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi

Futbol
27 aprel, 05:30
"Borussiya D" futbolchisi "Frayburg"ga qarshi bahsning 88-daqiqasida maydonga tushdi.
Albert Bundesligada debyut qilgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi
Foto: Getty Images
26.04.2026 FT Bundesliga Germaniya Borussiya D Borussiya D 4 : 0 Frayburg Frayburg

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Matis Albert Bundesligada o'ynagan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi.

U asosiy jamoa safida 16 yosh, 11 oy-u 5 kunligida debyut qildi. U Germaniya chempionatining 31-tur doirasidagi "Borussiya D" — "Frayburg" (4:0) bellashuvining 88-daqiqasida maydonga tushdi.

Forvard bu orqali avvalgi rekordni yangiladi. Ushbu natija oldin ham "Borussiya D" safida debyut qilgan Jovanni Reynaga tegishli edi, u 2020 yil 18 yanvarda 17 yosh, 2 oy-u 5 kunligida ilk bor maydonga tushgan.

Ma'lumot o'rnida, Albert 2024 yilda "Los-Anjeles Geleksi" yoshlar jamoasidan "Borussiya D" akademiyasiga qo'shilgan va o'tgan yili AQShning 17 yoshgacha bo'lgan milliy jamoasi tarkibida yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Borussiya D Borussiya D
  • Frayburg Frayburg
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar